Abstrak
Hozirgi davrda to‘qimachilik korxonalarining asosiy vazifalaridan biri yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy va ilg‘or texnika hamda texnologiyalarni kiritish masalasini obyektiv zarurat sifatida maydonga chiqaradi. Ushbu maqsadda yangi asosiy fondlar uchun investitsiyalar jalb qilinadi. Moliyaviy mablag‘larni, investitsiyalarni an’anaviy manbalar bilan kiritishning yetarli emasligi sababli ushbu muammo yanada chuqurlashmoqda. Buning natijasida moliyalashtirishning yangi shakllarini joriy etish asosida uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilish ehtiyoji paydo bo‘lmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar, jahon amaliyotida keng qo‘llanib kelayotgan lizingni to‘qimachilik korxonalarida investitsiya jarayonlarini faollashtirishga ta’sir qiluvchi eng muhim vositalardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Fan va texnika jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda lizing tufayli korxonalar mashina va jihozlarni tez hamda investitsion xavf-xatarning minimal darajasi bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar
Bibliografik manbalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi “2017 — 2019 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2687-sonli Qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 maydagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5989-sonli farmoni
Васильев Н.М., Катыркин С.Н., Лепе Л.Н. Лизинг как механизм развития инвестиций и предпринимательства – М.: Торгово-промышленная палата РФ, 1999. – 280 с.
Газман В.Д. Финансовый лизинг. – М.: ГУВШЭ, 2005. – 390
Газибеков Д.Г., Собиров О.Ш. Лизинг и его развитие в Узбекистане. – Т.: Молия, 2001. – 131 с.
Лещенко М.И. Основы лизинга. – М.: Финансы и статистика, 2004. – 327 с.
Абдуллаева С.Х. Тўқимачилик саноати корхоналарида иқтисодий барқарорликни таъминлаш масалалари // Иқтисодиёт ва таълим журнали – Тошкент. 2021 йил №1 11-15 бетлар. (08.00.00 №11). http://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/download/57/53
Абдуллаева С.Х. Тўқимачилик маҳсулотлари бозорларининг халқаро ва ҳудудий конъюнктураси: жорий ҳолат таҳлили // Иқтисодиёт ва таълим журнали – Тошкент. 2021 йил №2 96-100 бетлар. (08.00.00 №11). http://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/96
Абдуллаев Ф.О. Иқтисодиётни модернизация қилишда лизинг хизматлари ва сервисини ривожлантиришнинг ташкилий-иқтисодий омиллари (Хоразм вилояти мисолида). и.ф.н. илм.дараж. олиш учун ёзилган диссерт. автореф. –С.: СамИЭС, 2011. –26 б.
Mustafaev Z.B. Growing trends of leasing in Uzbekistan // Central Asia Finance. –2011.- № 3. –Р. 72-73.
Чекмарева Е. Рекомендации по проведению лизинговых операций // Хозяйство и право. – Москва, 1994. – № 8. – С.21-25.
https://www.lex.uz- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 International License.
Copyright (c) 2023 Iqtisodiyot va taʼlim