Abstrak
Mazkur maqola jahon mamlakatlarining yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarida soliq
instrumentlarining ahamiyatini tahlil qiladi. Bunda iqlim o‘zgarishi zamonaviy jamiyatimizning asosiy
muammolaridan biridir. Yashil iqtisodiyotga o‘tishda soliq instrumentlari alohida ahamiyatga ega. Chunki
mamlakatlar soliq tizimida atrof-muhit uchun yo‘naltirilgan soliqlarni joriy etish orqali soliqlardan tushgan
daromadlarni ekologik sohalarga yo‘naltiradi va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi faoliyatni minimallashtiradi.
Bunda nafaqat tabiat muhofaza qilinadi, balki mamlakat iqtisodiyotida o‘sish ham rag‘batlantiriladi. Tadqiqot
davomida Yevropa mamlakatlari ilg‘or tajribalari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hozirgi sharoit hamda
statistik ma’lumotlari keltirib o‘tilgan
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 International License.
Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim