https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/issue/feed Iqtisodiyot va taʼlim 2024-05-17T17:37:43+00:00 Esanov Sh [email protected] Open Journal Systems Иқтисодиёт ва таълим https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1521 INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA OLIY TA’LIM TIZIMI RIVOJLANISHINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 2024-05-17T06:57:22+00:00 Islombek Abdikarimov [email protected]
Ushbu maqolada jahon iqtisodiy inqirozning butun jamiyatga va oliy ta’lim tizimiga ta’siri, globallashuv davrida oliy ta’limning rivojlanish xususiyatlari haqida soʻz yuritiladi. Bunda iqtisodiy inqirozning oqibatlarini bartaraf qilish uchun universitetlarga ko’rsatish mumkin bo’lgan yordam, xususan, universitetlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari, universitetlar tomonidan amalga oshiriladigan loyiha faoliyatini tashkil qilishga yordam berish lozim ekanligi batafsil yoritib berilgan. Maqolada so’nggi yillarda zamonaviy jamiyatda oliy ta’limning roli haqida ham ma’lumotlar keltirib o’tilgan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1522 RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TA’LIM XIZMATLARI SOHASINING UMUMIY KO‘RINISHI 2024-05-17T07:01:47+00:00 Javohir G‘afforov [email protected]
Bugungi jadal rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmatlarining roli tobora muhim ahamiyat kasb etib, ishchi kuchini shakllantirmoqda, innovatsiyalarni va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirmoqda. Ta’lim va raqamli iqtisodiyotning kesishishi bilimlarni olish, tarqatish va qo‘llash bo‘yicha transformativ o‘zgarishlarga yo‘l ochdi. Ushbu maqola raqamli iqtisodiyot doirasida ta’lim xizmatlari sohasini ko‘rib chiqish, uning muhim ahamiyati va ta’sirini yoritishga qaratilgan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1523 ЎЗБЕКИСТОН ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА ИНСОН РЕСУРСЛАРИНИ БОШҚАРИШ АМАЛИЁТИНИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ 2024-05-17T11:17:36+00:00 Шахноза Асадова [email protected] Абдумалик Djumanov [email protected]
Ушбу тадқиқот Марказий Осиёдаги олий таълим соҳасидаги мавжуд билимлар тўпламига ҳисса қўшади. Бунга Ўзбекистондаги турли университетларда қўлланиладиган инсон ресурслари бошқариш амалиётларини қиёсий таҳлил орқали эришилади. Тадқиқот натижалари тегишли тушунчалар ва таклиф этилаётган тадқиқот соҳасини ҳар томонлама кўриб чиқиш имконини беради ва шу билан унинг илмий қийматини оширади.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1524 OLIY TA’LIM MUASSASALARI REYTINGINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI 2024-05-17T11:24:07+00:00 Dilshoda Gafurova [email protected]
Maqolada xalqaro universitetlar reytingining shakllanishi va rivojlanish tarixi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi universitetlarining milliy reytingining shakllanishi ko‘rib chiqiladi. Reytinglarni tuzish metodologiyasi, ularni baholash mezonlari va universitetlarning joylashuviga ta'siri ham taxlil qilindi. Maqolada reytinglarning ta’lim sohasining shaffofligi va hisobdorligidagi o‘rni, shu bilan birga, universitetlarning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlangan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1494 RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR BANDLIGI VA MUNOSIB MEHNATNING KONTSEPTUAL ASOSLARI 2024-05-17T01:19:15+00:00 Akmal Abduvoxidov [email protected] Sanobar Kamilova [email protected]
Raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga zaruriy shart-sharoitlar yaratish ijtimoiy davlatchilikni barpo etishning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishning nazariy jihatlari tahlil qilingan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1495 ИҚТИСОДИЁТНИНГ ИНСТИТУЦИОНАЛ ТРАНСФОРМАЦИЯСИ ЖАРАЁНИДА ИНСОН КАПИТАЛИГА ҚИЛИНГАН ХАРАЖАТЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЗАРУРАТИ 2024-05-17T01:24:22+00:00 Жаҳонгир Раббинов [email protected]
Ушбу мақолада инсон капиталига қилинадиган харажатларга назарий қарашлар, бу турдаги харажатлар институционал иқтисодиёт қўлланиладиган тушунчаларининг қайси сарасига киритилиши, инсон капитали учун харажатларнинг салбий ва ижобий жиҳатлари, трансформациянинг келиб чиқиш сабаблари, бу борада иқтисодчи олимлар қарашлари, трансформация жараёнлари асосий жиҳатлари ва инсон капиталига қилинадиган харажатлари билан боғлиқ бўлган масалалар ёритиб берилган. Шунингдек, институционал трансформация жараёнида инсон капиталига қилинган харажатлар бўйича таклифлар ишлаб чиқилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1496 QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI MEHNAT BOZORI RIVOJLANISH DINAMIKASINING STATISTIK IQTISODIY TAHLILI 2024-05-17T01:30:04+00:00 Muxtorbek Rahimboyev [email protected]
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ish bilan ta’minlash, mehnat bozorini yaratish va ishsizlikning oldini olish muammosi, ijtimoiy-iqtisodiy tizimimiz taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga o‘tish, inson omili rolining ortib borishi, izlanish yo‘nalishlari, mehnat salohiyatini samarali shakllantirish va ulardan foydalanishni aniq baholash bo‘yicha xorijiy olimlarning tadqiqotlari va ularga muallif yondashuvi to‘g‘risida bayon etilgan. Bundan tashqari tadqiqot ishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ishchi kuchi ishtiroki darajasi (IKID)ning mehnat bozorida iqtisodiy faoliyatini modellashtirishda chiziqli bo‘lmagan vaqt seriyalari modellaridan foydalanish, respublikaning aholi bandligi ko‘p omilli ekonometrik tahlillari amalga oshirilib, natijalar bo‘yicha xulosa va takliflar to‘g‘risida fikrlar keltirilgan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1526 O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMI GIDLARINI TAYYORLASHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 2024-05-17T11:33:21+00:00 Muslimaxon Soxibova [email protected]
Ushbu maqolada turizmda gidlarni tayyorlashning nazariy asoslari, gidlarni tayyorlashda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ziyorat turizmini rivojlantirishda gidlarning o‘rni, O‘zbekistonda gidlar faoliyati bilan bog‘liq muammo va kamchiliklar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada gidlarni tayyorlashda xorij malakasi va uni mamlakatimizga joriy etish usullari ham tahlil qilinadi
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1527 TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI 2024-05-17T11:37:36+00:00 To‘yli Ravshanov [email protected]
Ushbu maqolada mamlakatimizda davlat dasturlari doirasida turizm sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda tashkil etilgan mehmonxonalar holati o‘rganilgan. Shuningdek, pandemiyadan so‘ng oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori tatbiq etilgan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1528 MILLIY TURIZM XIZMATLAR BOZORIDA «TURIZM MARSHRUTI» TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI, SHAKLLARI, TURLARI VA TASNIFLANISHI 2024-05-17T11:41:02+00:00 Gulmira Tursunova [email protected]
Maqolada milliy turizm xizmatlar bozorida «turizm marshruti» tushunchasining nazariy asoslari va uning o‘ziga xos jihatlari, turizm marshrutining shakllari va muallif tomonidan turizm marshruti bo‘yicha ishlab chiqilgan tasniflanish hamda uning turlari tahlil qilingan. Shuningdek, «Turizm marshruti»ning tasniflanishi va bir qancha turlari ilmiy yangilik sifatida muallif tomonidan keltirib o‘tilgan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1531 КИЧИК БИЗНЕС СУБЪЕКТЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ 2024-05-17T12:10:06+00:00 Фахритдин Худайназаров [email protected]
Ушбу мақолада кичик бизнес субъектлари фаолиятини ривожлантиришнинг назарий асослари ҳақида сўз юритилиб, иқтисодиёт фани мутахассисларининг қарашлари ва хориж тажрибалари ўрганилган. Унда кичик бизнес субъектлари фаолиятидаги вазиятлар ва уларнинг ечимлари ҳақида илмий-услубий, амалий таклиф ва тавсиялар келтирилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1541 QADIMIYLIKDAN FAROVONLIKKA: MARKAZIY OSIYO BILAN TARIXIY ALOQALAR VA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR HAMDA IQTISODIY KUCH MARKAZI SIFATIDA O‘ZBEKISTONNING ISTIQBOLLARI 2024-05-17T17:03:20+00:00 Razzoq Raja Adnan [email protected] Hussain Muhammad Haroon [email protected]
Markaziy Osiyo mintaqasi Pokiston uchun tarixiy va iqtisodiy aloqalar, bir-birini to'ldiruvchi savdo va birinchi navbatda bir-biriga yaqin bo'lganligi sababli muhim ahamiyatga ega. Bu Pokistonni geografik istiqbolga olib keladi, bu esa uni bir vaqtning o'zida Markaziy Osiyononing va Janubi-Sharqiy Osiyoning a'zosi qiladi. Hind va Oksus miloddan avvalgi 2500 yildan 2400 yilgacha yaqin aloqada bo'lgan va miloddan avvalgi 1500 yilgacha juda yaqin aloqada bo'lgan. O‘zbekiston Pokiston, Xitoy, Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasida imzolangan To‘rt tomonlama tranzit transporti to‘g‘risidagi bitimning (QTTA) bir qismi bo‘lishga rozi bo‘lganligi sababli Pokiston CAga Xitoy orqali kirishi mumkin. Maqolada, shuningdek, Pokiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotlari o'rtasidagi kuchli savdo to'ldiruvchisi ko'rsatilgan. Pokiston 1991 yilda Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olgan va diplomatik aloqalar oʻrnatgan davlatlardan biri boʻldi. Xitoyning “Bir makon bir yo‘l” tashabbusi (BRI) Oʻzbekistonga sezilarli taʼsir koʻrsatadi, bu loyihaning qiymati Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarish 2018-yildagi 50 milliard dollardan 2019-yilga kelib 58 milliard dollarga yaqin 15 foizga oshdi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti esa 13 foizga o‘sdi, dollar kursi ko‘tarilgach, 1529 dollardan 1725 AQSh dollariga yetdi. Inflyatsiya 2018-yildagi 27,5 foizdan 2019-yilda 19,2 foizga tushdi. Pokiston va O‘zbekiston 1992 yildan buyon 70 dan ortiq turli shartnomalar imzolagan bo‘lib, shundan 26 tasi savdo va tijoratga tegishli. 2019-yilda Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi umumiy savdo hajmi taxminan 28 million dollarni tashkil etdi. Biroq, Pokiston uni yanada kuchaytirishi mumkin va bu savdo hajmini oshirish uchun katta salohiyat mavjud. Tovarlarning umumiy savdo salohiyati 424 million AQSh dollarini tashkil etadi, bu Pokistonning 2019-yilda ushbu mamlakat bilan savdo qilganidan 15 baravar ko'pdir. Pokiston bu salohiyatdan foyda olish uchun bir qator siyosat muammolari ustida ishlashi kerak
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1542 ЖАҲОН ИҚТИСОДИЁТИГА ИНТЕГРАЦИЯЛАШУВ ШАРОИТИДА ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ТАШҚИ ИҚТИСОДИЙ АЛОҚАЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ 2024-05-17T17:10:16+00:00 Абдурашид Қодиров [email protected]
Мақолада глобаллашув шароитида Ўзбекистон Республикасини ташқи иқтисодий фаолиятини ривожлантиришнинг асосий босқичлари ва тенденциялари тахлил қилинган хамда экспорт имкониятларини кенгайтириш масалалари кўрилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1543 ХУСУСИЙ СЕКТОРНИНГ ЖАҲОН БОЗОРИГА ИНТЕГРАЦИЯСИ ШАРОИТИДА НОТАРИФ ТЕХНИК ТЎСИҚЛАРНИ БАРТАРАФ ЭТИШНИНГ ҲУҚУҚИЙ ВА ИНСТИТУЦИОНАЛ ЙЎНАЛИШЛАРИ 2024-05-17T17:15:13+00:00 Нилуфар Исмаилова [email protected]
Мазкур мақолада Ўзбекистон Республикасида ишлаб чиқилган товарларнинг экспорт фаолиятини ривожлантиришда, айниқса, савдо қилувчи мамлакатларнинг нотариф чоралари, техник жиҳатдан тартибга солиш чоралари, янги бозорларга чиқиш ёки янги маҳсулотларни етказиб бериш соҳасида муайян тўсиқлар кўриб чиқилган, уларнинг ечими бўйича тегишли тартибда хулоса ва таклифлар берилган.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1544 ЗАМОНАВИЙ САВДО АЙЛАНМАСИ ВА ХАЛҚАРО МУНОСАБАТЛАР 2024-05-17T17:19:30+00:00 Мохинур Акбарова [email protected] Жавлонбек Якубов [email protected]
Замонавий савдо айланмаси ва халкаро муносабатлар жахон иктисодиётининг энг мухим элементлари хисобланади. Глобализация ва технологиялар ривожланиши туфайли савдо-сотик интенсив ва турли хил болди, бу жараёнда эса халкаро муносабатлар мухим роль ойнайди. Ушбу маколада жахон савдо масалалари ва савдо муносабатлари устида иқтисодий фойда олиш методологияси, шунингдек, жаҳон иқтисодийотида савдо ривожланишининг асослари ва тамойилларини, хамда жаҳон бозорида йетакчилардан бирига айланиш учун ички бозор рақобатбардошлигининг ахамияти кўриб чиқилади.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1545 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЭКСПОРТ ОМИЛЛАРИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИНИ ГРАВИТАЦИОН МОДЕЛЛАР ЁРДАМИДА ЭКОНОМЕТРИК ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ 2024-05-17T17:24:22+00:00 Муниса Турдибаева [email protected]
Ушбу мақолада гравитацион моделлар ёрдамида эконометрик таҳлил бўйича илмий адабиётларнинг тизимли кўриб чиқилган, шунингдек, бундай моделлар ёрдамида Ўзбекистон Республикаси экспорт омиллари ва экспорт салоҳиятининг эконометрик таҳлили натижалари келтирилган. Хулоса қисмида республика экспорти ҳажми ва салоҳиятини оширишни таъминлаш бўйича тавсиялар берилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1546 DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALAR FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH 2024-05-17T17:28:11+00:00 Xasan Axmedov [email protected]
Mazkur maqolada davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tartibga solish masalalarini o‘rganishda davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki, davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruvi, ular faoliyatini tartibga solishning nazariy-iqtisodiy asoslari o‘rganilgan. Milliy amaliyotda davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tartibga solishning ahamiyati, amalag oshirilayotgan choralar va kelgusidagi rejalar tahlil qilingan. Amalga oshirilgan tahlillar asosida tegishli xulosalar shakllantirilgan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1487 TOʻGʻRIDAN TOʻGʻRI XORIJIY INVESTITSIYALARNING MAMLAKAT EKSPORT SALOHIYATIGA TA’SIRINI EKONOMETRIK MODELLAR YORDAMIDA BAHOLASH 2024-05-15T18:55:09+00:00 Azamat Saydullayev [email protected]
Ushbu maqola ekonometrik modellar yordamida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TTXI)ning mamlakat eksport salohiyatiga ta’sirini oʻrganadi. U toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar oqimining mamlakatning xalqaro bozorlarga tovar va xizmatlarni eksport qilish qobiliyatiga qanday ta’sir qilishini tushunishga qaratilgan. Tadqiqotda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va eksport vakolatlari oʻrtasidagi munosabatlarni tahlil qilish uchun ekonometrik usullar qoʻllaniladi, bunda toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar mamlakatning eksport imkoniyatlarini oshirishga qanchalik hissa qoʻshishi oʻrganiladi. Ushbu munosabatlarni oʻrganib, tadqiqot toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar eksport vakolatiga ta’sir qilish mexanizmlarini, jumladan, texnologiyalarni uzatish, bozorga kirish, mahsuldorlikni oshirish va ta’minot zanjiri integratsiyasini aniqlashga intiladi. Empirik tahlil va modelni baholash orqali tadqiqot toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarning eksport koʻrsatkichlariga ta’sirini aniqlash va bu munosabatlarni boshqaradigan asosiy omillarni aniqlashga qaratilgan. Maqola toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va eksport salohiyati oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida empirik dalillar va nazariy tushunchalarni taqdim etish orqali mavjud adabiyotlarga hissa qoʻshadi. U eksport dinamikasini shakllantirishda toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarning oʻrni haqidagi bilimlardagi boʻshliqlarni koʻrib chiqadi va siyosatchilar, investorlar va savdo va investitsiya siyosatini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi manfaatdor tomonlar uchun qimmatli natijalarni taqdim etadi. Uslubiy jihatdan tadqiqot model spetsifikatsiyasi, ma’lumotlarni yigʻish va statistik tahlilga qat’iy yondashuvni qoʻllaydi. U toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar va eksport salohiyati oʻrtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini baholash uchun tortishish modellari, panel ma’lumotlar regressiyasi va vaqt seriyasi tahlili kabi ekonometrik modellardan foydalanadi. Ma’lumotlar manbalariga milliy hisoblar, savdo statistikasi, xorijiy investitsiyalar ma’lumotlari va bir nechta mamlakatlar yoki mintaqalarning boshqa tegishli iqtisodiy koʻrsatkichlari kiradi. Tadqiqot natijalari savdoni ragʻbatlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish sohalarida dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish va siyosatni shakllantirish uchun ma’lumot berishi kutilmoqda. Toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarning eksport vakolatiga ta’sirini yoritib, tadqiqot eksport raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish va barqaror rivojlanish uchun xorijiy investitsiyalar foydasini maksimal darajada oshirish strategiyalari haqida tushuncha beradi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu maqolada ekonometrik modellardan foydalangan holda, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va eksport salohiyati oʻrtasidagi munosabatlar har tomonlama tahlil qilinadi. Empirik tadqiqotlar va nazariy munozaralar orqali tadqiqot xalqaro savdo va investitsiyalar dinamikasini tushunishimizga yordam beradi hamda eksportga asoslangan oʻsish va iqtisodiy rivojlanish uchun toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalardan foydalanishga intilayotgan siyosatchilar va amaliyotchilar uchun qimmatli koʻrsatmalar beradi. Ushbu maqolada 22 yillik Oʻzbekistonga kiritilgan xorijiy kapital va eksport salohiyati ma’lumotlari “world open bank” ma’lumotlar bazasidan olingan. https://databank.worldbank.org/source/world-development-indicators
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1488 ОЛИЙ ТАЪЛИМДА ИНВЕСТИЦИЯЛАРНИНГ ИҚТИСОДИЙ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШ 2024-05-16T17:57:22+00:00 Мирзабек Жонузаков [email protected]
Мазкур мақолада Ўзбекистон олий таълимини ривожлантиришда соҳага инвестицияларни киритиш керак эканлиги ифодаланди ҳамда инвестицияларнинг иқтисодий самарадорлигини баҳолашда алоҳида кўрсаткичлар тизимидан фойдаланиш зарурлиги илмий асосланилди
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1489 ИННОВАЦИОН ТАРАҚҚИЁТНИНГ ИҚТИСОДИЙ ЖИҲАТЛАРИ 2024-05-16T18:01:40+00:00 Обидкул Сатторкулов [email protected]
Мазкур мақолада мамлакатимизда инновацион тараққиётнинг иқтисодий жиҳатлари, унга таъсир этувчи омиллар гуруҳи, давлатнинг илмий-техник сиёсати йўналишлари ва уларни амалга ошириш борасида қабул қилинаётган чора тадбирлар статистик маълумотлар асосида ёритилган ҳамда керакли илмий хулосалар ясалган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1497 TO‘QIMACHILIK KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISH TIZIMI VA SAMARADORLIK 2024-05-17T01:34:00+00:00 Zayniddin To‘xtayev [email protected]
Ushbu maqolada to‘qimachilik korxonalariga sifat menejmenti tizimini joriy etish va samaradorligi, shuningdek, sifat menejmenti tizimlari va ISO 9000 seriya standartlari, rejalashtirish va boshqarish jarayonining kirish parametrlari, to‘qimachilik korxonalari ishlab chiqarish quvvatlaridan 2020-2024-yillarda foydalanishning prognoz ko‘rsatkichlari yoritilgan.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1498 BRENDGA SODIQLIKNI OSHIRISH UCHUN MOBIL ILOVALAR VA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISH 2024-05-17T01:38:14+00:00 Shaxnoza Ergashxodjaeva [email protected] Ahmadjon Tohirjonov [email protected]
Bugungi raqobat bozorida brendga sodiqlikni oshirish biznes o‘sishini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada mobil qurilmalardan keng foydalanish bilan mobil ilovalar va geymifikatsiya strategiyalarining qo‘llanilishi, mijozlarni jalb qilish va brendga sodiqlikni oshirish uchun istiqbolli yondashuvni kengaytirish va rivojlantirish tavsiflanadi
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1499 BIZNES BOSHQARUVI, MENEJMENT VA BOSHQARUV: ULAR SINONIMLARMI? 2024-05-17T01:42:39+00:00 Bobur Urinov [email protected]
Biznes boshqaruvi, menejment va boshqaruv biznes sohasidagi o'zaro bog'liq tushunchalar bo’lsada o’ziga xosliklariga ham ega. Ushbu maqolada biz biznes boshqaruvi, menejment va boshqaruvning farqlarini o'rganamiz, ularning o'ziga xos xususiyatlari va o'zaro bog'liqligini tadqiq qilamiz. Biz har bir kontseptsiyaning ta'riflarini yoritish orqali, ularning tashkilotlardagi rollarini aniqlaymiz va ular tashkilotning mukammalligiga qanday hissa qo'shayotganiga oydinlik kiritamiz.
Ushbu maqola davomida biz ushbu tushunchalarning o'zaro bog'liqligini tadqiq qilamiz. Biznes boshqaruvi, menejment va boshqaruv alohida rollarga ega bo'lsa-da, ular yaxshi ishlaydigan tashkilotni yaratish uchun bir-biriga tayanadi. Boshqaruv tamoyillarining samarali amalga oshirilishi menejment amaliyotini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa o‘z navbatida biznesni muvaffaqiyatli boshqarishga yordam beradi
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1500 KORXONALARDA ZAMONAVIY MARKETING STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI 2024-05-17T01:46:59+00:00 Diyora Usmonova [email protected]
Maqolada korxonalarda zamonaviy marketing texnologiyalaridan foydalangan holda korxona faolyatini samarali tashkil qilish, uning raqobatbardoshliligini oshirish, korxonaga innovatsiyalarni joriy etish, brendingni qo‘llash yordamida bozor segmentida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish, bu borada xorijiy va mahalliy olimlarnimg ilmiy-nazariy qarashlari, g‘oyalari tahlil qilindi. Korxonalarda marketing strategiyasini qo‘llashning yo‘nalishlari keltirib o‘tildi.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1501 ZAMONAVIY BREND TEXNOLOGIYALAR: TURLARI, AFZALLIKLARI VA QURILISH TAMOYILLARI 2024-05-17T01:51:38+00:00 Nargiza Achilova [email protected]
Ushbu maqolada brending siyosatining nazariy va uslubiy asoslari keltirilgan: "brend" atamasining ta'riflari o'rganilgan, brendingning mohiyati, ahamiyati, tamoyillari va turlari ko'rib chiqilgan, jozibadorlik omillari tahlil qilingan va muvaffaqiyatli brending strategiyalariga misollar keltirilgan hamda brendlarning marketing samaradorligini baholovchi mahalliy reytingning xolisligi va ishonchliligini oshirish bo'yicha takliflar berilgan.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1529 НОГИРОНЛАР УЧУН ИШ ЎРИНЛАРИНИ ЗАХИРАЛАШ БЎЙИЧА ХОРИЖИЙ МАМЛАКАТЛАР ТАЖРИБАСИ 2024-05-17T11:47:45+00:00 Диловар Рашидов [email protected]
Мақолада ногиронларларнинг бандлигини ошириш, улар учун корхоналарда иш ўринларини захиралаш, махсус иш ўринларини ташкил қилиш каби масалалар бўйича дунё тажрибаси ўрганилган. Тадқиқот давомида хорижий мамлакатларда бу йўналишда амалга оширилаётган ишлар, жумладан, ногиронларни ишга қабул қилган иш берувчиларга нисбатан давлат томонидан қўлланилаётган қўллаб-қувватлаш чоралари, уларни рағбатлантиришнинг иқтисодий усуллари мавжуд манбалар асосида таҳлил қилинган.
Тадқиқот натижаларига асосланиб, ногиронлар учун иш ўринларини захиралаш билан боғлиқ фаолиятни яхшилаш, уларнинг бандлиги кўрсаткичларини кўтариш, бу тоифадаги шахсларни ишга қабул қилган иш берувчиларнинг манфаатдорлигини ошириш каби масалалар бўйича таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1530 СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИДА НАТИЖАГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН БЮДЖЕТЛАШТИРИШНИНГ ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАСИ: БУЮК БРИТАНИЯ 2024-05-17T11:56:40+00:00 Нуриддин Имонқулов [email protected]
Мақолада соғлиқни сақлаш тизимини молиялаштиришнинг назарий асослари ва уни ривожлантириш орқали ижтимоий сиёсатни таъминлашнинг ўзига хос хусусиятлари таҳлил этилган. Хорижий олимларнинг қарашлари ва илмий хулосалари тизимлаштирилган. Тадқиқотлар асосида соғлиқни сақлаш тизимини молиялаштиришнинг натижага йўналтирилган бюджетлаштириш масалаларини такомиллаштиришга қаратилган илмий таклиф ва хулосалар ишлаб чиқилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1502 КОМПАНИЯЛАР БОЗОР КАПИТАЛИЗАЦИЯСИ: ДОЛЗАРБЛИГИ, ҲИСОБЛАШ УСУЛЛАРИ ВА ИНВЕСТОРЛАР ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДАГИ АҲАМИЯТИ 2024-05-17T01:57:51+00:00 Азизбек Шомиров [email protected]
Мақолада компаниялар инвестицион жалб этувчанлигининг индикатори сифатида бозор капитализациясининг роли таҳлил қилинган. Бозор капитализацияси компания томонидан чиқарилган акцияларнинг умумий қийматини (яъни акцияларнинг умумий қийматини) ифодалаши сабабли бу кўрсаткич таҳлил қилиш учун фойдаланилади, чунки у компанияни сотишдаги эҳтимолий қиймат баҳосини кўрсатади. Жаҳон молиявий инқирози даврида энг йирик компанияларнинг капитализациясида кескин пасайиш рўй берди ва бу улар учун салбий оқибатларга олиб келди. Бироқ, агар корпорациялар компания ривожланишининг турли кўрсаткичларини ҳисобга олган ҳолда унинг капитализациясини оширишга олиб келадиган тегишли ривожланиш стратегиясига эга бўлса, бунинг олдини олиш мумкин бўларди. Бу бозор капитализациясини фақат акцияларнинг биржа котировкаларидаги ўзгаришлар асосида кўриб чиқишга эмас, балки компаниялар фаолиятининг аниқ кўрсаткичларини ҳисобга олган ҳолда унинг қийматига тузатиш киритиш имконини беради
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1503 KORXONALARNING SOLIQ QARZDORLIGINI UNDIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH TAHLILI 2024-05-17T02:03:30+00:00 Ulug‘bek Hakimov [email protected]
Mazkur maqolada soliqlarning davlat iqtisodiyotidagi ahamiyati tadqiq qilingan hamda bugungi kunda mamlakatda soliq qarzdorligini qisqartirish dolzarb masalalardan biri ekanligi asoslangan. Soliq qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha xorijiy iqtisodchi olimlarning fikr va mulohazalari o‘rganilgan. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining soliq qarzdorligi summasi tahlil qilingan. Yuqorida qayd etilgan holatlardan kelib chiqib, mamlakatimizda soliq qarzdorligini qisqartirish, shu jumladan, uni samarali undirish amaliyotini takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1504 OBLIGATSIYALARNING BOZORDAGI DAROMADLILIGIGA TA’SIR QILIUVCHI OMILLAR TAHLILI 2024-05-17T02:08:05+00:00 Fazliddin Sindarov [email protected]
Ushbu maqolada obligatsiyalarning moliyaviy resurslarni jalb qilishdagi ahamiyati, obligatsiyalarning bozordagi bahosi shakllanishi va bozordagi daromadliligiga ta’sir qiluvchi omillar tadqiq qilingan. Obligatsiyalardan kutilayotgan daromadlilik stavkasiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida suveren kredit reytinglari, inflatsiya, foiz stavkalari, obligatsiyaning soʻndirish muddati va valyuta kurslari bilan boʻgʻliq risklar ilmiy jihatdan batafsil oʻrganilgan. Maqoladagi ma’lumotlar Oʻzbekiston, Singapur va Avstraliyaning xalqaro fond bozorlariga chiqarilgan obligatsiyalar misolida oʻrganilgan va tahlil qilingan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1505 O'ZBEKISTONDA ENERGETIKA SOHASI KOMPANIYALARINING BARQAROR RIVOJLANISHINI MOLIYAVIY BOSHQARISHDA BOSHQARUV HISOBI METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI "SOF" ENERGETIKAGA O'TISH 2024-05-17T02:12:43+00:00 Marina Glazova [email protected]
Maqolada O'zbekistonda energetika sohasi kompaniyalarining barqaror rivojlanishini moliyaviy boshqarishda boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish orqali "toza" energetikaga o'tish istiqbollari ochib berilgan. Ekonometrik model tuzilib, O'zbekiston energetika tarmog'idagi kompaniyalarning boshqaruv hisobi sabab-oqibat munosabatlarini ochib beradi. Natijada, O'zbekistonning "toza" energetikaga o'tishi uchun O'zbekistonda energetika sohasi kompaniyalarining barqaror rivojlanishini moliyaviy boshqarishda boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish zarurligi asoslanmoqda. Buning uchun ushbu sohadagi kompaniyalarning boshqaruv hisobi tafsilotlarini oshirish tavsiya etiladi.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1506 PANDEMIYA DAVRIDA MOLIYAVIY BOZORNING BARQARORLIGI: O‘TMISHDAGI TAJRIBALARDAN XULOSALAR VA KELGUSIDAGI TAYYORGARLIK 2024-05-17T02:17:12+00:00 Oliya Kuvatova [email protected] Muhriddin Husenov [email protected]
Moliyaviy sektorlar jahon va milliy iqtisodiyotda eng muhim rol o‘ynaydi, ammo ular kutilmagan paytda yuzaga keladigan pandemiya holatlari natijasida yuzaga kelgan uzilishlarga nisbatan zaifdir. Ushbu maqolada o‘tmishdagi voqea-hodisalar xulosasi tahlillaridan kelib chiqqan holda, kelajakda kutilishi mumkin bo‘lgan pandemiyalarga tayyorgarlikni oshirish zarurligi tasvirlanadi. Dunyoda oldin bo‘lib o‘tgan pandemiyalar (COVID-19, SARS)ni tahlil qilgan holda moliyaviy institutlar va investorlarning tajribalari tahlillari o‘rganiladi hamda bu strategiyalarni O‘zbekistonga qo‘llash chora-tadbirlari ko‘rib chiqiladi
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1507 КОМПАНИЯЛАРНИНГ ЭКСПОРТИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ АМАЛИЁТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎЛЛАРИ 2024-05-17T02:22:38+00:00 Рамз Аширматов [email protected]
Компанияларнинг экспорт салоҳиятини ошириш уларнинг фаолиятини кенгайтириш ва модернизация қилишнинг зарур шартларидан бири ҳисобланади. Ўз навбатида, уларнинг экспорт салоҳиятини ошириш экспортни молиялаштириш амалиётини такомиллаштириш заруратини юзага келтиради. Хорижий давлатлар амалиётида кенг қўлланилаётган экспортни молиялаштириш шакллари ва инструментларидан фойдаланиш Ўзбекистон компаниялари учун муҳим амалий аҳамият касб этади. Мақолада Ўзбекистон компанияларининг экспортини молиялаштириш амалиётини такомиллаштиришга қаратилган илмий таклифлар ишлаб чиқилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1508 СОЛИҚ СОЛИШНИНГ КОМПАНИЯ ҚИЙМАТИГА ТАЪСИРИ 2024-05-17T02:26:11+00:00 Кишибай Қудияров [email protected]
Мазкур тадқиқотда солиқ солишнинг компаниялар капитал тузилмасига таъсири кўриб чиқилган. Қарзнинг компаниялар рентабеллиги, активлар айланмаси ва компанияларнинг фаолият муддати ва солиқ солиш билан боғлиқлиги юзасидан назарий ва эмпирик ёндашувлар ўрганилган. Солиқлар воситасида компаниялар капитал тузилмасини тартибга солиш масалалари таҳлил қилинган. Таҳлил натижасида тегишли хулосалар шакллантирилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1509 СОЛИҚ ТУШУМЛАРИ ОРТИШИНИНГ ИҚТИСОДИЙ ЎСИШГА ТАЪСИРИ ХУСУСИДА 2024-05-17T05:42:32+00:00 Адҳам Очилов [email protected]
Ушбу мақола солиқ тушумлари ортишининг иқтисодий ўсишга таъсири хусусида бўлиб, тадқиқот давомида Ўзбекистоннинг 2019-2023 йиллар давомидаги республика бўйича турли солиқ тоифалари бўйича солиқ тушумлари таҳлил қилинган. Солиқ тушумларининг йиллик прогнози ва ҳақиқатда тўланган суммаси бир-бирига солиштириш ёрдамида таҳлил қилиниб, уларнинг иқтисодий ўсишга таъсири илмий жиҳатдан асослаб берилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1510 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ СОЛИҚ ТЎЛОВЛАР ҲИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ 2024-05-17T05:51:00+00:00 Қаландар Раджапов [email protected]
Ўзбекистон Республикасида солиқ ва бошқа мажбурий тўловлар йиғилувчанлигининг зарур даражасини таъминлаш ҳамда имтиёзлар бериш борасида аниқ мезон ва механизмларни ишлаб чиқиш, берилаётган имтиёзлар ва преференцияларнинг самарадорлигини баҳолашга алоҳида эътибор қаратилмоқда.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1511 ЎЗБЕКИСТОНДА ТАЪЛИМ КРЕДИТИ ТИЗИМИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ 2024-05-17T05:55:23+00:00 Акмал Расулов [email protected]
Мақолада Ўзбекистонда таълим кредити тизимини ривожлантириш истиқболлари ўрганиб чиқилган. Халқаро ва илғор тажрибалардан келиб чиқиб, Ўзбекистонда таълим кредит тизимини ривожлантиришнинг бир қанча асосий йўналишлари белгилаб берилди ва мавзу якунида хулоса шакллантирилган.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1512 ЖИНОИЙ ФАОЛИЯТДАН ОЛИНГАН ДАРОМАДЛАРНИ ЛЕГАЛЛАШТИРИШ, ТЕРРОРИЗМНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ ВА ОММАВИЙ ҚИРҒИН ҚУРОЛИНИ ТАРҚАТИШНИ МОЛИЯЛАШТИРИШГА ҚАРШИ КУРАШ СОҲАСИДАГИ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАР ҲАМДА УЛАРНИНГ ЎЗБЕКИСТОН ИҚТИСОДИЁТИНИ БАРҚАРОР ВА ИНКЛЮЗИВ РИВОЖЛАНТИРИШ 2024-05-17T05:58:35+00:00 Азизжон Хатамов [email protected] Алишер Суюнов [email protected]
Ушбу тадқиқот жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштириш, терроризмни молиялаштириш ва оммавий қирғин қуролини тарқатишни молиялаштиришга (ЖФОДЛ/ТМ/ОҚҚТМ) қарши кураш соҳасидаги долзарб муаммолар нуқтаи назаридан Ўзбекистон – 2030 стратегиясига эришишни жадаллаштиришнинг 2 хил йўлини тадқиқ этади, бунда корреспондент банклар фаолиятидаги мавжуд узилишларга эътибор қаратилади. Тадқиқотда, шунингдек, ФАТФга аъзолик масаласи иллюстратив равишда мисол келтирилади, ҳамда глобал молиявий барқарорликка таҳдид сифатида “краудфандинг”, “виртуал активлар” ва “букмекерлик компаниялари” каби тушунчалар кўриб чиқилади.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1513 ХАЛҚАРО СТАНДАРТЛАР АСОСИДА МОЛИЯВИЙ ИНСТРУМЕНТЛАРНИ ҲИСОБОТЛАРДА АКС ЭТТИРИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ 2024-05-17T06:06:26+00:00 Рустам Холпўлотов [email protected]
Мақолада хўжалик юритувчи субъектларда молиявий инструментларни ҳисобга олиш, ҳисобини юритиш, ҳисобдан чиқариш ҳамда молиявий ҳисоботда акс эттириш тартиби ўрганилган ҳамда хулосалар ишлаб чиқилган.
Сўнгги йилларда мамлакатимиз молия бозорларида молиявий инструментлар хилма-хиллиги ва мураккаблиги кескин ўсиб бормоқда. Юртимизда бизнесни ривожлантириш бўйича барча ишлар амалга оширилиб бормоқда. Айниқса, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантириш, уларни молиявий қўллаб-қувватлашга қаратилган чора-тадбирларга катта аҳамият берилмоқда. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликка инвестиция киритиш жараёнига, энг аввало, молиявий инструментларга катта аҳамият бериш лозим. Инвестиция муҳитини яратишда кўпгина мамлакатлар молиявий инструментлар таркибига кирувчи облигациялардан кенг фойдаланади.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1514 МОЛИЯВИЙ БОШҚАРУВ УЧУН СОЛИҚ ХАРАЖАТЛАРИНИ ҲИСОБГА ОЛИШНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ 2024-05-17T06:11:10+00:00 Азамат Шодиев [email protected]
Солиқ харажатларини ҳисобга олиш бутун дунё бўйлаб ҳукуматлар учун фискал сиёсат ва молиявий бошқарувнинг муҳим таркибий қисмидир. Ушбу мақола давлат молиясини бошқаришда шаффофлик ва самарадорликни оширишда солиқ харажатларини ҳисобга олишнинг аҳамиятини ўрганади
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1539 ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА МОНЕТАР ВА НОМОНЕТАР ОМИЛЛАР ТАҲЛИЛИ 2024-05-17T16:55:43+00:00 Баходир Усманов [email protected]
Мақолада аҳолининг турмуш фаровонлиги ва уни таъминлаш орқали ижтимоий ҳимоянинг ўзига хос хусусиятлари таҳлил этилган. Аҳолининг кам таъминланган қатлами шаклланишига таъсир этувчи омиллар тизимлаштирилган. Хорижий олимларнинг қарашлари ва илмий хулосалари тизимлаштирилган. Тадқиқотлар асосида таъсир этувчи омилларни барқарорлаштириш юзасидан илмий таклиф ва хулосалар ишлаб чиқилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1490 КОРПОРАТИВ МОЛИЯВИЙ ҲИСОБОТНИНГ БАЗАВИЙ КОНЦЕПЦИЯЛАРИ 2024-05-16T18:06:41+00:00 Шахло Эргашева [email protected]
Ушбу мақолада корпоратив молиявий ҳисоботларнинг базавий концепциялари ёритилган бўлиб, молиявий ҳисоботларни тузишни халқаро стандартларга мувофиқ такомиллаштириш бўйича илмий-амалий тавсиялар берилган.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1491 BOSHQARUV HISOBI METODOLOGIYASINI ZAMONAVIY TIZIMLAR ORQALI TAKOMILLASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 2024-05-16T18:10:42+00:00 Otabek Sobirov [email protected]
Ushbu maqolamizda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning alohida xususiyatlarini inobatga olgan holda boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish, ishlab chiqarish jarayonida xarajatlarni rejalashtirish, tannarxni hisoblashning eng samarali va optimal usulidan foydalanish, strategik qarorlar va rejalarning amalda bajarilishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi masalalar o‘rganilgan va yoritib o‘tilgan. Bundan tashqari xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi samarasini yanada oshirishga bevosita ta’sir qiladigan yangi kalkulyatsiya usuli, ya’ni hayotiy davr bosqichlari bo‘yicha kalkulyatsiya qilish usuli yoritib o‘tilgan. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda o‘zining ijobiy yechimini kutayotgan bir qator muhim masalalar va ularni hal etish bo‘yicha xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1492 MOLIYAVIY HISOBOTLAR AUDITIDA MUHIMLILIKNI BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 2024-05-16T18:15:37+00:00 Nasiba Xasanova [email protected]
Mazkur maqolada moliyaviy hisobotlar auditida muhimlilikni baholashning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilib, mamlakatimiz audit tizimida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berib o‘tilgan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1532 MEVA-SABZAVOTLAR UCHUN NARXLAR STRATEGIYASI: O‘ZBEKISTON UCHUN TAKLIFLAR 2024-05-17T12:13:59+00:00 Ziyodulla Hakimov [email protected] Shuhrat Fayzullayev [email protected]
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi sohasida narx strategiyasining nozik jihatlari, O‘zbekistonda meva va sabzavotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Tahlil tarixiy narxlash amaliyotini, yangi mahsulotlarni joriy etishning rivojlanayotgan manzarasini va innovatsiyalar va narxlashning kesishishini qamrab oladi. Bu korxonalar, ayniqsa, qishloq xo'jaligi sohasida narxlarni mahsulot yoki biznes modeli innovatsiyasi kabi jiddiylik bilan ko'rib chiqish zarurligini ta'kidlaydi. Maqolada narx-navoning turli yondashuvlari, jumladan, narx-navoga asoslangan, raqobatga asoslangan va mijozlar qiymatiga asoslangan strategiyalar o'rganilib, ularning bozordagi joylashuvi va narxlashning murakkabliklarini boshqarishga ta'siriga e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari, u semirishning global muammolari va iste'molchilarning xatti-harakatlarini shakllantirishda narx strategiyalarining rolini muhokama qiladi. Taklif etilayotgan yagona amaliy tadqiqot usuli yangi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining narx strategiyasi bo'yicha adabiyotdagi sezilarli bo'shliqni to'ldirishga qaratilgan, ayniqsa o'tish davridagi mamlakatlarda.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1533 DEHQON XO‘JALIKLARI FAOLIYATINING ISTIQBOLLARI VA TREND MODELLAR ASOSIDAGI PROGNOZI 2024-05-17T12:19:26+00:00 Yashnarbek Ergashov [email protected]
Qashqadaryo viloyatida dehqon xo‘jaliklari faoliyatining istiqbolli rivojlantirishning axborot bazasini shakllantirish bo‘yicha keng o‘rganilib, nazariy jihatlari yoritilgan. Dehqon xo‘jaligi 2011-yildan 2023-yillarda statistika agentligi asosida tahlil qilingan va takliflar keltirib o‘tilgan. Dehqon xo‘jaligi mahsulotlari iqtisodiyotni rivojlantirish, agrar sektorining taraqqiyoti va dehqonchilikni ta’minlash uchun imkoniyatlari oid ma’lumotlar nazariy jihatdan yoritilgan. Dehqon xo‘jaligi sohasidagi faoliyatni boshqarishga oid to‘g‘ri va samarali qarorlar qabul qilish amaliy ko‘rsatkichlar va tahlillar yordamida muhimligi hamda qarorlar qabul qilish usullari dehqonlik sohasidagi faoliyatni boshqarishda yordam berishi nazariy yoritilgan. Dehqon xo‘jaligi rivojlantirish kontseptsiyasi bo‘yicha o‘zlarining tahlillarini samaradorligining o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarni sarhisob qilingan va asosiy tushunchalar keltirilgan. Dehqon xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha olimlarining fikriga ko‘ra, ushbu sa’y-harakatlar natijalari berilgan.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1534 ДИСКРЕТ ТАНЛОВ ТАЖРИБАСИДАН ФОЙДАЛАНГАН ҲОЛДА ЕР СИФАТИНИ ЯХШИЛАШ УЧУН ФОЙДАЛАНУВЧИЛАР АФЗАЛЛИКЛАРИ ВА ҚИЙМАТЛАРИ ТАҲЛИЛИ 2024-05-17T12:23:56+00:00 Фарҳод Аҳроров [email protected]
Мақолада ер экотизимларининг иқтисодий қийматини аниқлаш ва моделлаштириш усулларидан, жумладан, тўловларни тўлашга тайёрлик (ТТТ) усули ва танлов экспериментларидан фойдаланилган. Ернинг ўзига хос хизматлари, уларнинг билвосита фойдаланиш қийматлари ва иқтисодий самарадорликни аниқлашда муҳим роль ўйнаши кўрсатилган. Ушбу ёндашувлар респондентларнинг географик жойлашуви, ижтимоий-демографик хусусиятлари, маълумоти, даромад даражаси ва атроф-муҳит ҳақида хабардорлиги каби омилларни инобатга олган ҳолда, ер экотизимларининг иқтисодий қийматини аниқлаш имконини беради. Тадқиқот натижалари ер экотизимларининг билвосита фойдаланиш қийматларини аниқлаш ва улардан фойдаланишнинг иқтисодий самарадорлигини оширишга йўналтирилган чора-тадбирларни ишлаб чиқишда қўлланилиши мумкин. Бу муҳим аҳамиятга эга бўлиб, барқарор ривожланиш мақсадларига эришиш, табиий ресурсларни муҳофаза қилиш ва барқарор бошқариш стратегияларини такомиллаштиришга ёрдам беради
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1535 ҚИШЛОҚ ХЎЖAЛИГИДA ДОНЛИ ЭКИНЛAР ХAЖМИНИНГ 2023-2030 ЙИЛГAЧA БЎЛГAН ПРОГНОЗ ПAРAМЕТРЛAРИ 2024-05-17T12:27:44+00:00 Сухроб Умаров [email protected] Гулизахро Тураева [email protected] Умурзак Чоршaнбaев [email protected]
Мaқолaдa, республикaмиздa 2000-2022 йиллaрдa етиштирилгaн донли экинлaр ҳaжмининг тaҳлили вa унинг модели ишлaб чиқилди ҳaмдa ушбу модель aсосидa 2023 йилдaн 2030 йилгaчa бўлгaн дaвр прогнозлaштирилди.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1536 HUDUDLARDA SUVDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISHNING YANGI PARADIGMALARI 2024-05-17T12:33:36+00:00 Anvar Berdiyev [email protected]
Ushbu maqolada mamlakatimiz hududlarida suvdan foydalanishni boshqarishning yangi paradigmalari yoritilgan. Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish turli omillar, jumladan, hukumat siyosati, rag‘batlantirish va suv tanqisligini bartaraf etish va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish zarurati bilan bog‘liq. Suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash va suvni tejaydigan amaliyotlar o‘rtasidagi ijobiy bog‘liqlik suv resurslarini boshqarish menejmentini samarali amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan va yuqori ahamiyat kasb etayotganligini anglangan.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1537 GLOBALLASHUV SHAROITIDA MINTAQALAR BARQAROR IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI PCA (PRINCIPAL COMPONENT ANALYSIS) STATISTIK TAHLIL USULI YORDAMIDA BAHOLASH 2024-05-17T16:46:26+00:00 Alibek Rajabov [email protected]
Mazkur tadqiqot ishida Xorazm viloyati shahar va tumanlarining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi PCA (principal component analysis) koʻp oʻlchovli statistik tahlil usuli orqali ishlab chiqilgan kompozit indeks yordamida baholandi. Kompozit indeksining oʻsish sur’ati boʻyicha mintaqa shahar va tumanlari “yuqori”, “oʻrta” va “past” darajalarga ajratildi
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1538 INTEGRAL USUL YORDAMIDA HUDUDLARDA HAYOT SIFATINI BAHOLASH 2024-05-17T16:52:21+00:00 Dostonbek Eshpulatov [email protected] G‘ayrat Berdiyev [email protected] Sevinch Malikova [email protected]
Maqolada hududlarda aholi turmush darajasini aniqlash nazariy asoslari, metodologiya va vositalari tadqiq etilgan. Hayot sifatini baholashning mavjud usullari mamlakatimiz statistika tizimiga moslashtirilgan, ijtimoiy ko‘rsatkichlarga alohida urg‘u berilgan mualliflik yondashuvi bilan takomillashtirilgan. Tadqiqot davomida empirik va nazariy, statistik guruhlash, ko‘rsatkichlarni normallashtirish, qiyoslash kabi metodologiyalardan foydalanilgan. Natijalar tahlil qilinganda, hududlar orasida va ayniqsa, qishloq joylarda hayot sifatida sezilarli farqlar aniqlangan. Hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda aniqlangan zarur infratuzilma obyektlari miqdorlaridan foydalanish taklif etilgan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1483 МАКРО ИҚТИСОДИЙ БАРҚАРОРЛИКНИНГ МАМЛАКАТ МИЛЛИЙ ИҚТИСОДИЁТИ РИВОЖИДАГИ ЎРНИ 2024-05-15T18:25:48+00:00 Хуббим Улашев [email protected]
Ушбу мақолада хизмат кўрсатиш соҳаси ривожи корхона ва ташкилотлар
фаолиятининг улар учун яратилган шарт-шароит билан белгиланишига алоҳида аҳамият
берилган. Хизмат кўрсатиш соҳасида ижтимоий мустақиллик даражаси бозорда вужудга
келаётган мустақил корхона ва ташкилотлар сони билан таснифланиши мисоллар ёрдамида
ёритилган. Хизмат кўрсатиш соҳаси фаолиятини таркиб топтириш кўп жиҳатли жараён
эканлиги бўйича таклифлар ва тавсиялар ишлаб чиқилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1484 ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТНИНГ МОҲИЯТИ, ЮЗАГА КЕЛИШ САБАБЛАРИ, ТАРКИБИ ВА КЎРИНИШЛАРИ 2024-05-15T18:33:10+00:00 Мухиддин Қурбонов [email protected]
Мақолада иқтисодиёт норасмий секторининг моҳияти ва таркибий элементлари
ёритилиб, норасмий иқтисодиёт категориясининг мазмуни солиққа жалб қилиш нуқтаи назаридан очиб
берилган. Мавзуга доир назарий адабиётларни шарҳлаш, халқаро амалиёт ҳамда Ўзбекистондаги ҳолат
таҳлили асосида норасмий иқтисодиётни жиловлаш ва кўламини қисқартиришда солиққа тортиш
механизмларидан самарали фойдаланишга қаратилган таклифлар ва амалий тавсиялар
шакллантирилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1485 ИҚТИСОДИЙ ЧОРА-ТАДБИРЛАРНИНГ РАҚОБАТ МУҲИТИ ШАКЛЛАНИШИДАГИ АҲАМИЯТИ 2024-05-15T18:46:07+00:00 Санжар Холбаев [email protected]
Ушбу мақолада мамлакат иқтисодиётидаги рақобат муҳитининг моҳияти ва унинг шаклланишида амалга ошириладиган иқтисодий чора-тадбирларнинг аҳамияти, бозор иқтисодиётида иқтисодий ривожланиш йўналишларини белгиловчи имтиёз ва преференцияларнинг натижадорлиги ва ривожлантириш дастурларидаги устувор тамойиллар халқаро тажриба асосида тадқиқ этилган. Ўзбекистон иқтисодиётининг жорий босқичида рақобат муҳитини ривожлантиришга қаратилган ислоҳотлар ўрганилган.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1515 O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA SANOATNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 2024-05-17T06:16:01+00:00 Gulnаrа Dаvlyаtоvа [email protected]
Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda sanoatning ulushi, sanoatning rivojlanishi natijasida aholi farovonlik darajasini oshirish yo‘nalishlari, bu borada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, xulosalari o‘rganildi. Sanoat sohasini rivojlantrishnning muammolari ochib berildi va muammolarning yechimiga olib boruvchi yo‘nalishlar ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilib, tegishli tarzda xulosa va takliflar keltirib o‘tildi.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1516 MARKAZIY OSIYO HUDUDIDA QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH 2024-05-17T06:24:24+00:00 Mash’al Saidov [email protected] Irodaxon Umarova [email protected]
Markaziy Osiyo hududidagi mamlakatlarda qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ta’minlash, elektr energiyasini ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologiyalarni yangi zamonaviy texnologiyalarga o‘zgartirish, elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish, elektr energetika sohasida raqobat muhitini rivojlantirish, elektr energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyalar ishlab chiqish masalasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1517 ОZIQ-ОVQАT SАNОАTI KОRXОNАLАRIDА INNОVАTSIОN SАLОHIYАTNI ОSHIRISH MЕXАNIZMINI TАKОMILLАSHTIRISH 2024-05-17T06:31:19+00:00 Nоdirbеk Xаmrаyеv [email protected]
Ushbu ilmiy mаqоlаdа оziq-оvqаt kоrxоnаlаridа innоvаtsiоn sаlоhiyаtni оshirish mеxаnizmini tаkоmillаshtirish, оziq-оvqаt kоrxоnаlаrini bоshqаrish mеxаnizmini yаxshilаmаsdаn, ulаrning huquqlаrini himоyа qilish tizimini tаkоmillаshtirmаy, tаdbirkоrlik fаоliyаti sаmаrаdоrligini оshirish vа tаshqi mаnbаlаrdаn invеstitsiyаlаr kiritishni kо‘pаytirish masalalari tadqiq qilingan. Bundаn tаshqаri qаytа ishlаsh sаnоаti mаhsulоtlаri sifаtini оshirish nаfаqаt xоrijiy invеstitsiyаlаrning kirishini rаg‘bаtlаntirish, bаlki butun kоrxоnа fаоliyаtini zаmоn tаlаblаrigа mоs hоldа mоdеrnizаtsiyаlаsh, tеxnik vа tеxnоlоgik jihаtdаn yаngilаsh bо‘yichа tаklif vа tаvsiyаlаr bеrilgаn.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1518 KORXONALARNING ELEKTR ENERGETIKA SAMARADORLIGINI BAHOLASH: TAHLILLAR VA MODELLAR 2024-05-17T06:37:52+00:00 Farrux Jo‘rayev [email protected] Shoxabbos Doliyev [email protected]
Maqolada energetika samaradorligining ahamiyati, mohiyati, hududiy jihatlari, iqtisodiy holatga ta’siri bayon etilgan. Hudud korxonalarida energetika samaradorligining bugungi holati, mazkur ko‘rsatkichning o‘zgarish tendensiyasi, unga ta’sir etuvchi omillar ko‘lami, ta’siri, o‘zgartirish sur’ati tadqiq etilgan. Korxonalar faoliyatida energetika iste’molining, korxonalar demografiyasida faoliyat yuritayotgan korxonalar sonining ortishi kabi bir tizim omillarining energiya samaradorligiga ijobiy ta’sirini kuzatish mumkin bo‘lgan iqtisodiy sharoitlar o‘rganilgan. Samaradorlikni oshirishda asosiy ichki omillar ustuvorligi baholangan. Korxonalarning energo-samaradorlik ko‘rsatkichi hududiy jihatdan katta tafovutga ega bo‘lishi sabablari, bu farq hududdagi aynan qaysi omillar ta’sirida shakllanishi bo‘yicha ilmiy natijalar keltirilgan. Korxonalarning elektr energetikadan foydalanish jarayonida kuzatiladigan iste’mol me’yorlaridan chetlanishlar, jumladan, energo-samaradorlik ko‘rsatkichining tez sur’atlarda pasayishiga olib kelishini hisobga olib, istiqbolda kutilayotgan korxonalar sonining hamda elektr energetikasiga bo‘lgan talabning ortishi dinamikasida iste’mol me’yorlaridan ortishini qat’iyan cheklash amliyotini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar asoslangan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1519 SANOAT KORXONALARIDA IQTISODIY SALOHIYATNI BAHOLASH USULLARI, MEZONLARI VA KO‘RSATCHILARI 2024-05-17T06:44:33+00:00 Shaxnoza Kadirova [email protected]
Hozirgi kunda innovatsion muhit yuqori dinamiklik va kuchayib borayotgan raqobat bilan ajralib turadi. Bu esa tizimli iqtisodiy rivojlanishning va boshqaruv samaradorligining eng asosiy natijasi hisoblanadi. Deyarli barcha sanoat korxonalari samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish orqali ish yuritiladi. Buning uchun iqtisodiy salohiyatni baholashning eng ilg’or usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish zarurligini talab qiladi. Ushbu maqolada sanoat korxonalarida iqtisodiy salohiyatni samarali boshqarish, tashqi muhitdagi tobora dinamik, murakkab, makroiqtisodiy va innovatsion o'zgarishlarga moslashishni o’rganib chiqiladi
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1520 КЛАСТЕР ТИЗИМИНИНГ ИҚТИСОДИЙ ВА ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАРИНИ САМАРАЛИ ШАКЛЛАНТИРИШ ТАМОЙИЛЛАРИ 2024-05-17T06:53:33+00:00 Мамарасул Худойкулов [email protected]
Мақолада кластер тизимининг иқтисодий ва технологик жараёнларини самарали шакллантириш тамойиллари муҳокама қилинган. Тадқиқот доирасида иқтисодчи олимларнинг илмий тадқиқотлари ўрганилиб, кластер шаклланишига таъсир қилувчи асосий омиллар ва кластер тизимларидаги асосий иқтисодий жараёнлар кўриб чиқилган ҳамда мавзу якунида хулоса шакллантирилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1547 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ХИЗМАТ КЎРСАТИШ СОҲАСИНИНГ АСОСИЙ КЎРСАТКИЧЛАРИ, УНИНГ СТАТИСТИК ТАҲЛИЛИ ВА ИСТИҚБОЛЛАРИ 2024-05-17T17:33:33+00:00 Гулам Эрназаров [email protected]
Мақолада хизмат кўрсатиш соҳасининг мазмун-моҳияти очиб берилиб, унинг асосий кўрсаткичлари ва ривожланиш истиқболлари ўрганиб чиқилган. Шунингдек, хизматлар соҳасининг миллий иқтисодиётда тутган ўрни, аҳамияти, унинг ЯИМдаги улуши ва асосий кўрсаткичлари статистик таҳлил қилинган.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1548 FARG‘ONA VILOYATIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI 2024-05-17T17:37:43+00:00 Odina Tuychiyeva [email protected]
Maqolada mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallagan xizmat ko‘rsatish sohasining o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, sohadagi muammolarning o‘rganilganlik holati, shuningdek, sohada erishilgan natijalar va uning rivojlanish tendensiyalari yoritilib, xizmat ko‘rsatish sohasini takomillashtirish bo‘yicha asosli tavsiyalar berilgan.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1493 КОРПОРАТИВ БОШҚАРУВ СИФАТИНИ БАҲОЛАШ –САМАРАДОРЛИК МЕЗОНИДИР 2024-05-17T01:11:43+00:00 Гавҳар Йўлдашова [email protected]
Компаниянинг иқтисодий манфаатларини амалга ошириш доирасида корпоратив бошқарув сифатини баҳолашда юқоридаги омиллардан қайси бири устунлигини тушуниш айниқса муҳимдир.
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1525 МАЖБУРИЙ ТИББИЙ СУҒУРТАНИ ЖОРИЙ ЭТИШ БИЛАН БОҒЛИҚ МУРАККАБЛИКЛАР 2024-05-17T11:29:50+00:00 Сохиб Кенжаев [email protected]
Мақолада мажбурий тиббий суғуртанинг назарий асослари ва уни жорий этиш орқали ижтимоий ҳимояни таъминлашнинг ўзига хос хусусиятлари таҳлил этилган. Хорижий олимларнинг қарашлари ва илмий хулосалари тизимлаштирилган. Тадқиқотлар асосида мажбурий тиббий суғуртани жорий этишга қаратилган илмий таклиф ва хулосалар ишлаб чиқилган
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1540 ИҚТИСОДИЁТНИ ЭРКИНЛАШТИРИШ ВА ДИВЕРСИФИКАЦИЯЛАШ ШАРОИТИДА ИҚТИСОДИЙ ТАҲЛИЛНИНГ ТУТГАН ЎРНИ 2024-05-17T16:59:06+00:00 Шахриноз Курбонова [email protected]
Мақолада иқтисодий таҳлилнинг фан сифатида шаклланиши ва унинг бошқарувда, фаолиятни режалаштириш, самарали иқтисодий қарорлар қабул қилишда тутган ўрни, таҳлил жараёнини ташкил этишнинг замонавий тенденциялари баён этилган. Шунингдек, тадқиқот давомида иқтисодий таҳлил эволюцияси босқичлари, уларнинг хусусиятлари, иқтисодий таҳлилнинг фан ва амалиёт сифатида шаклланиши, иқтисодий таҳлилнинг назарий жиҳатлари, унинг методологияси ҳамда амалиётига катта ҳисса қўшган олимлар илмий ишлари муҳокама этилади
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1486 SAVDO XIZMATLARINI RIVOJLANISHIDA RAQAMLASHTIRISHNING ZARURATI 2024-05-15T18:50:14+00:00 G‘olibjon Maxmatqulov [email protected]
Maqolada savdo xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishida raqamlashtirishning ahamiyati asoslangan. Respublikamizda savdo xizmatlari sohasining raqamlashtirish zaruriyati tahlil qilingan. Tranformatsiyalash texnologiyalarini joriy etish bilan ko‘p tarmoqli xizmatlar sohasining integratsiyasini ta’minlash va ularni kompleks boshqarishning zamonaviy intellektual tizimi masalalari tadqiq etilgan
2024-04-30T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2024 Iqtisodiyot va taʼlim